
Joriy yilning 26 aprel kuni soat 10:00lar atrofida Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasida joylashgan karantin nazorat postida viloyat IIB YHXB hamda SEN xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida haydovchi M.Abdullayev boshqaruvidagi “Damas“ rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilgan vaqtda avtomashinaga berilgan maxsus ruxsatnoma orqali haydovchi karantin qoidalarini buzgan holda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-moddasiga ko‘ra SEN xodimi tomonidan bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

"Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasiga berilgan ruxsatnomadan maqsadli, karantin qoidalarini buzmagan holda foydalanishingizni so‘rab qolamiz" deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar