15:12 / 28.04.2020
4 843

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biridan yarim metr uzunlikdagi ilon topildi (video)

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biridan yarim metr uzunlikdagi ilon topildi (video)
2020 yil 27 aprel kuni soat 20:01da Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ 1-pillachi ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida ilon borligi bo‘yicha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan.

FVV xabariga ko‘ra, zudlik bilan boshqarmaning maxsus qutqaruv otryadi xonadonga borib o‘rganilganda, haqiqatdan ham uyning ichida taxminan yarim metr uzunlikdagi ilon borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 10 daqiqa ichida ilon ushlangan va xonadon vakillarining xavfsizligi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biridan yarim metr uzunlikdagi ilon topildi (video)