
Ayni paytda Samarqand viloyatida kuchli do‘l va yomg‘ir yog‘moqda. Buning natijasida aholi istiqomat qiladigan ko‘chalar va markaziy ko‘chalarda suv toshqigi yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytdagi holat aks etgan videolar tarqala boshladi.
Ta’kidlanishicha, bugun, 29 aprel kuni, Samarqand shahri va Bulung‘ur tumanida yog‘gan yomg‘ir sababli suv toshqini yuzaga kelgan va yo‘llarda noqulayliklarni keltirib chiqargan.
— Shukhrat (@bankir2102) April 29, 2020
Videolarda shaharning Rohat qo‘rg‘onida joylashgan mahallalardagi suv toshqini hamda M-37 Toshkent—Samarqand magistral yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan katta toshqinni ko‘rish mumkin.
— Shukhrat (@bankir2102) April 29, 2020
— Shukhrat (@bankir2102) April 29, 2020
— Shukhrat (@bankir2102) April 29, 2020
Hozircha, holat bo‘yicha ko‘rilayotgan chora va yetkazilgan zarar yuzasidan rasmiy xabar e’lon qilingani yo‘q. Biroq IIV YHXBB Axborot xizmati ayni daqiqalarda respublikamizning ayrim hududlarida shamol bo‘lib, kuchli yomg‘ir yog‘ish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qilib, fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar