10:14 / 30.04.2020
3 083

Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi natijasida o‘zi va 13 yoshli bola vafot etdi

Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi natijasida o‘zi va 13 yoshli bola vafot etdi
2020 yilning 29 aprel kuni soat 18:00 da Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Termiz» yo‘nalishli M-39 yo‘lining 967-kilometrida haydovchi 25 yoshli B.E. boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinani «Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada B.E., ning o‘zi va avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida vafot etiganlar.

Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar: 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. lar tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi natijasida o‘zi va 13 yoshli bola vafot etdi