Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzacho‘l tumanlarida tashkil etilgan maxsus shtablar tomonidan maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga fuqarolarni joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Mirzaobod tumanidagi «Navbahor», «Haqiqat» va «Bahoriston» MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan. Aholi ushbu tumandagi kasb-hunar kolleji, Safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘yicha harbiy qism va kasalxonaga evakuatsiya qilindi.
Evakuatsiya tadbirlari Jizzax shahriga ham tashkillashtirildi. Xususan, Oqoltin tumanidagi «Ahillik», «Shodlik», «Saxovat», «Navoiy», «Do‘stlik», «Ko‘rkamdiyor», «Toshkent», «Yangihayot», «Obod» va «Mustahkam» MFYlar aholisi Jizzax viloyati Gagarin shaharchasiga vaqtinchalik ko‘chirildi. Unda aholi uchun 6000 dona niqob, 80 dona antiseptik vosita, 200 juft bir martalik qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot vositalari tarqatildi.
Bundan tashqari, Sardoba shaharchasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yashash punktiga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Mirzaobod tumanidagi «Beruniy», «Paxtaobod», «Baliqchi», «Haqiqat», «Bahoriston», «Yangiovul» va «Do‘ngariq» MFYlar aholisi suv toshish xavfi bo‘lgani uchun Yangiyer shahriga evakuatsiya qilinmoqda.
Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.
Hozirda dambadan suv chiqishi kamaygan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga keldi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan edi.
Mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yetib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi