date
views 2 264

Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Matiz velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Matiz velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Foto: YHXBB
30 aprel kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa «Hayitobod» mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro M-41 Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo‘lining 1575-kilometrida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan S.R. boshqaruvidagi Matiz quvib o‘tish manyovrini bajarish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Qarshisidan harakatlanib kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashmaslik maqsadida S.R. o‘z avtomobilini chapga olib, Jarqo‘rg‘on—Surxon yo‘nalishida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan velosipedchi 1965 yilda tug‘ilgan A.Q.ni urib yuborgan.

Foto: YHXBB
A.Q. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Matiz velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘ldi