
Zomin tumani, Shirin qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi opa-uka 2006 yil tug‘ilgan T.G. va 2011 yil tug‘ilgan T.F.lar soydan sel kelishi natijasida oqib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, opa-uka oziq-ovqat do‘koniga chiqqan. Qishloq hududidan oqib o‘tuvchi soydan o‘tayotgan vaqtda sel kelib oqizib ketgan. T.F.ning soy bo‘yida jasadi topilgan. T.G. hushsiz holda tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilgan. Biroq, ko‘rsatilgan muolajaga qarmasdan hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar