3 683
Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan aholiga sirdaryoliklar o‘z uylaridan joy bermoqda
Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati
Sardoba suv ombori dambasida suv sizib chiqishi oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo tumanida ham evakuatsiya qilingan aholini kutib olish uchun zaruriy choralar ko‘rildi.
Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni damda tumandagi «Dehqonobod», «Baxmal», «Tinchlik», «Xazina», «Ishonch», «Tadbirkor», «Orzu», «Ahillik», «Turkiston» MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar 1400 dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga o‘z uylaridan boshpana ajratmoqda.
Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati
Bundan tashqari, tumandagi 525 harbiy qismda 500 o‘rinli, Baxt shahar yengil-sanoat kolleji binosida 200 o‘rinli yotoq joylari tayyorlanib, evakuatsiya qilinayotgan aholini joylash rejalashtirilgan.
Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti