Poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 13 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatida. Ularning 6 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan.
Qolgan 7 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 9 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 380 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 393 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1242 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi