
Nima uchun haligacha “Sardoba” suv omboridagi falokat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilmayapti?
Buning sababi hali jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaganligidami yoki ish ochilganu hali xabar berishga ulgurilmadimi?
Qoida bo‘yicha, bunaqa vaziyatlarda prokuratura o‘sha zahoti jinoyat ishi ochishi kerak. Ayni muayyan bir shaxslarga emas, umumiy holatga nisbatan.
Suv omborini qurganlar, uni “texnik jihatdan mukammal” deb qabul qilib olganlar so‘roqqa tortilishi, agar qurilish jarayonida suiiste’molchilik yoki beparvoliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlansa, unda barcha aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi kerak. Buni men o‘zimcha aqllilik qilib talab qilayotganim yo‘q, bu shunchaki O‘zbekistonda amalda bo‘lib turgan qonunlarning talabi xolos.
Jinoyat ishi haqida xabar qachon chiqarkin, qani kutaylikchi...
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar