
Ajralishlar haqida gap ketganda birinchi navbatda tirik yetim bo‘lib qolayotgan bolalar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Uni ota mehridan mosuvo bo‘lib o‘sishiga, qalbi o‘ksik bo‘lishiga kim sababchi, kim aybdor?!. MIB Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari xayrli ishlarga sababchi bo‘lishdi.
Bugunning dolzarb muammosiga aylangan yosh oilalarni ajralib ketish holatlarini kamaytirish maqsadida keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘z samarasini berayapti.
3 yil davomida qarzdor B.Ashurov undiruvchi N.Mamurova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment qarzini to‘lamay kelayotgan edi.
Qonun talabiga ko‘ra qarzdor otaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qarzdordan undiruvchi foydasiga 17 mln. 688 ming so‘mlik aliment to‘lovlari to‘liq undirildi.
Bundan tashqari, qarzdor otaga oila muqaddasligi, farzandlar baxti, kamoli uchun ota mas’uliyatli shaxs ekanligi, ayolning oila mustahkamligini ta’minlashdagi o‘rni haqida tushuntirildi.
Birgalikda yashash uchun kelishib olgan er-xotin yarashtirildi. Jinoyat ishi yarashuv tartibida sudga yuborildi.
AjralishlarTirik YetimYosh OilalarOila MuqaddasligiJinoyat IshiTushuntirish Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar