Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir jinoyat fosh etildi.
Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro G‘.M.ning yashash xonadoni va xo‘jaliklari xizmat iti yordamida va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu uyning tom qismida ikki dona yog‘och yashikka va bir dona chelakka ekilgan, agrotexnik ishlov berilgan och yashil rangli, o‘tkir hidli, 9 tup hamda uyining tomorqasida mevali daraxtlar tagiga ekilgan, agrotexnik ishlov berilgan och yashil rangli, o‘tkir hidli, 13 tup “kannabis” giyohvand o‘simligi borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, ushbu shaxs o‘z ixtiyori bilan uyining ichki qismidan yana bir dona tuvakka ekilgan, agrotexnik ishlov berilgan och yashil rangli, o‘tkir hidli, 1 tup “kannabis” o‘simligini tadbir ishtirokchilariga taqdim qildi.
Tadbir davomida ushbu shaxsdan jami 23 tup “kannabis” giyohvand o‘simligi ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi