19:30 / 06.05.2020
3 773

«Sardoba» suv omboridagi suvning uchdan bir qismi oqib ketgani ma’lum qilindi

«Sardoba» suv omboridagi suvning uchdan bir qismi oqib ketgani ma’lum qilindi
Islom Xushvaqtovning so‘zlariga ko‘ra, «Sardoba» suv omborining hajmi Toshkent dengizidan to‘rt baravar katta.
«Sardoba suv omborining umumiy hajmi 920 mln metr kubni tashkil etadi. Tasavvur qilish uchun aytish mumkinki, bu – Chorvoq suv omboridan 42 baravar kichik, Toshkent dengizidan esa 4 baravar katta hajmga teng.

Hisob-kitoblar hali yakunlangani yo‘q. Hozirgacha ma’lum bo‘lishicha, omborda saqlangan suvning taxminan 35 foizi (ya’ni 322 mln metr kub suv) texnogen falokat tufayli oqib chiqib ketgan
», – dedi Ekopartiya deputati.

Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, bir kishi bedarak yo‘qoldi. O‘zbekiston hududida 90 mingga yaqin, Qozog‘istonda esa 31 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.

Texnogen ofatdan so‘ng O‘zbekiston va Qozog‘istondagi gidroinshootlarda tekshiruv ishlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sardoba» suv omboridagi suvning uchdan bir qismi oqib ketgani ma’lum qilindi