23:20 / 06.05.2020
4 534

Toshkent shahri «sariq» hudud. Qaysi viloyatlar qaysi toifaga kiritilgani ma’lum qilindi

Toshkent shahri «sariq» hudud. Qaysi viloyatlar qaysi toifaga kiritilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

Unga ko‘ra, birinchi – «qizil» toifadagi hudud – so‘nggi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari. Bunda «qizil» hududda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi – «sariq» toifadagi hudud – so‘nggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan bemorlar mavjud bo‘lgan hududlar - Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri. «Sariq» hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

Uchinchi – «yashil» toifadagi hudud – koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar - Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri «sariq» hudud. Qaysi viloyatlar qaysi toifaga kiritilgani ma’lum qilindi