
BOSHIMIZGA KЕLGAN IMTIHON...
Axlatga tashlangan go‘daklar uchun,
Tirik yetim qolgan murg‘aklar uchun.
Akani ukaga xiyonatimi...
Opani singilga haqoratimi?..
Boshimizga kelgan imtihonmi bu,
Yoki odamzodga intiqommi bu?..
Onalar ko‘zda yosh, otalar ma’yus,
So‘ragani dunyomas faqat shirin so‘z.
Xiyonatda turar bu ko‘zga, bu ko‘z,
Razolatga botgan ko‘ngillar uchun
Boshimizga kelgan imtihonmi bu...
Yoki kelgan bizga intiqommi bu.
Odamni sotadi odam bozorda,
Ajalsiz o‘lganlar yotar har zorda.
Ishq to‘la ko‘ngillar ishqsiz ozorda
Boshimizga kelgan imtihonmi bu...
Yoki bizga kelgan intiqommi bu...
Muallif: Nargiza Kamalova
"Oltin qalam" Milliy
mukofoti sohibasi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! "Oltin qalam" Milliy
mukofoti sohibasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar