Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 18 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "KOSONSOY QURILISH INVEST" MCHJdan undiruvchi “OLDMET TECHNOSERVIS” MCHJ foydasiga 185.938 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud bo‘lgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan
so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan joriy yil 13 aprel kuni inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqada ko‘rsatilgan qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ekti foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"