16:50 / 07.05.2020
2 832

MIB: Kosonsoyda tadbirkor foydasiga 185 mln so‘m qarzdorlik undirildi

MIB: Kosonsoyda tadbirkor foydasiga 185 mln so‘m qarzdorlik undirildi
Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 18 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "KOSONSOY QURILISH INVEST" MCHJdan undiruvchi “OLDMET TECHNOSERVIS” MCHJ foydasiga 185.938 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud bo‘lgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan
so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan joriy yil 13 aprel kuni inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqada ko‘rsatilgan qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ekti foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Kosonsoyda tadbirkor foydasiga 185 mln so‘m qarzdorlik undirildi