date
views 2 360

Namanganda 16 nafar koronavirusga chalinganlar tuzaldi

Namanganda 16 nafar koronavirusga chalinganlar tuzaldi
Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanidan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 179 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 195 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1897 nafarga yetdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 16 nafar koronavirusga chalinganlar tuzaldi