Bugun bo‘lib o‘tgan Senatning navbatdagi yalpi majlisida hisobot bergan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yilda tizimning necha nafar xodimiga qanday choralar ko‘rilganini ochiqladi.
Unga ko‘ra, davlat rahbarining ko‘rsatmalari asosida prokuraturani chinakam xalq prokuraturasiga aylantirish, faoliyat samaradorligini tubdan oshirish borasida qator choralar ko‘rilgan.
Bunda kadrlar bilan ishlash tizimi tanqidiy ko‘rib chiqilib, halol, sadoqatli va professional xodimlar korpusini shakllantirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga tatbiq etish boshlangan. Buning natijasida korrupsiyaga moyil 100 nafar xodim (shundan 30 nafar rahbar xodimlar) tizimdan chetlatildi. Yana 220 nafari (shundan 119 nafari rahbar xodimlar) egallab turgan vazifasiga noloyiq deb topilgan. Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan 15 nafar prokuratura xodimi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, tizimning 45 foiz xodimlarini yoshlar tashkil etishini inobatga olib, boy berib kelinayotgan «Ustoz-shogird» an’anasi tiklangan. Shu maqsadda turli sabablar bilan ilgari ishdan bo‘shatilgan boy tajribaga ega 40 nafar xodim tizimga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga muvofiq, Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yilning iyun oyida Bosh prokuror lavozimiga tayinlangandi. Ungacha Oliy Majlis Senati raisi sifatida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi