Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’yektiga zarar yetgan

Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’yektiga zarar yetgan
Foto: Davergeodezkadastr
Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida ro‘y bergan suv toshqini natijasida suv bosgan hududlardagi turar va noturar ko‘chmas mulk ob’yektlari «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’yektiga zarar yetgan
10 may holatiga ko‘ra, 10ta mahalla fuqarolar yig‘inining 20ta aholi yashash punktida jami 5 969ta turar va 277ta noturar joy ob’yektlari zararlanganligi aniqlandi. 5 969 turar joylarning 4 587tasi yakka tartibdagi uy joy, 1 337tasi ko‘p qavatli xonadon va 45tasi qurilishi tugallanmagan uy joylar.
Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’yektiga zarar yetgan
Bildirilishicha, ushbu zararlangan turar va noturar joylarining kadastr hujjatlari va kadastr pasportlaridan 3 599tasiga dublikat hujjatlari ko‘chmas mulk egalari va foydalanuvchilariga taqdim etish uchun tayyorlandi.
Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’yektiga zarar yetgan
«Suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan aholi uylarining kadastr hujjatlari bepul tayyorlab berilishi tashkil etildi», - deyiladi qo‘mita xabarida.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar