Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov jome masjidlarda Hayit namozi o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.
- Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noo‘rin gaplarda hech qanday asos yo‘q. Shu sababli har xil gap-so‘zlarga ishonmang. Masjidlarda jamoat namozlari boshlanishini O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman e’lon qiladi. Ozgina qoldi, shunchasiga sabr qildik. Shu sabrning orqasidan Alloh ko‘p yengilliklarni beryapti…
Oldimizda Ramazon Hayiti kelyapti. Bu borada ham har xil mish-mishlarga ishonmasdan, Hayit namozini o‘qish qanday tarzda bo‘lishi haqida vakolatli idora — O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar beradi, - deydi Usmonxon Alimov.
Shuningdek, muftiy Usmonxon Alimov hozirda 70 dan ortiq qori onlayn tarzda Quroni Karim xatmini o‘tkazayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingan, keyinchalik taroveh va juma namozlarining uyda o‘qilishi masalasiga izoh berilgan, karantinga doir fatvolar e’lon qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi