
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida oilalarni yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, jamiyatda ahillik va o‘zaro hurmat muhitini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Turmushning mushti bo‘ladi, deydilar. Uning yaxshi-yomoniga chidagan odam oxir oqibatda baxtli, saodatli hayotga erishsa, har ne tashvishdan oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onga darz yetkazishni odat qilganlar, pirovardida yolg‘izlik va yuzi shuvutlik bilan yuzma-yuz bo‘ladilar.
Bitta ajrim, jamiyatda bitta kemtiklikni yuzaga keltiradi degani. Oila parchalanishidan birinchi navbatda bolalar jabr ko‘radi. Chunki ular yaxshi o‘qib, bilim olishi, o‘zi qiziqqan sohada mashg‘ul bo‘lishi, umuman hayot kechirishi uchun moddiy ta’minot kerak. Ota-onaning ajrashishi esa ana shu ta’minotni yo‘qqa chiqaradi.
Xususan, Karantin davri bo‘lsada, byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 18.03.2020 yildagi sud bo‘yrug‘iga asosan S.A.dan M.A foydasiga ¼ qism aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati sud tartibida bekor qilinib, mazkur yosh oila yarashtirishga erishildi.
Endi ular birgalikda farzandlarini kamolga yetkazish bilan shug‘ullanishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar