4 540
Toshkentdagi «Ulug‘bek» mahallasida kasallik ko‘paydi. Unga kirish-chiqish yo‘llari yopildi
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani «Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida koronavirus pandemiyasi bilan kasallangan hamda ular bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin qoidalariga amal qilish kuchaytirildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalla hududidagi barcha kirish va chiqish yo‘llari blok postlari tashkil etilgan holda to‘liq yopilgan. Ushbu hududda tunu kun navbatchilik tashkil etilib, qat’iy nazoratga olingan.
Fuqarolarning karantin davrida uydan chiqmasligi, faqatgina zarur hollarda, ya’ni, bir oiladan bir kishiga tibbiy dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun tibbiy niqob va shaxsiy gigiyena himoya vositalaridan foydalangan holda chiqishlariga ruxsat etilgan.
«Ulug‘bek» mahallasi hududida aholi talabidan kelib chiqqan holda arzonlashtirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlari yarmarkasi tashkil etilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?