12:27 / 29.05.2020
4 262

Ohangaronda ayol haydovchi Spark bilan kanalga tushib ketdi (video)

Ohangaronda ayol haydovchi Spark bilan kanalga tushib ketdi (video)
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida kanalga tushib ketgan Spark avtomobili bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari oydinlik kiritdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 2020 yilning 25 may kuni soat 12:30 larda Ohangaron shahri, Oxunboboyev ko‘chasida sodir bo‘lgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha haydovchi 1971 yilda tug‘ilgan M.H. ismli ayol o‘ziga tegishli bo‘lgan Spark’da shaharning Oxunboboyev ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomobil kanalga tushib ketgan.

«Ushbu hodisada tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi kanaldan chiqarilgan», — deyiladi YHXBB xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda ayol haydovchi Spark bilan kanalga tushib ketdi (video)