O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 3 ming 718 bemor ro‘yxatga olingan. Kuni kecha 22 nafar, jami 2 ming 859 nafar, ya’ni 77 foiz bemor to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 844 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.
Karantin tadbirlari davom etyapti. 46 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat jiddiyligicha saqlanib turibdi. Kuni kecha kasallik qayd etilgan 79 fuqaroning 15 nafari aholi orasida aniqlangan. 13 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Sirdaryo va yana 1 nafari Toshkent viloyatida. Ming afsuski, oxirgi aniqlangan 16 bemorning 2 nafari yana Toshkent shahriga to‘g‘ri kelyapti. Ushbu bemorlar Yashnobod tumani aholi orasida aniqlangan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ortiqcha zaruratsiz ko‘chaga chiqmang, ko‘chaga chiqdingizmi, albatta, doka niqobda bo‘ling. Muloqotdan o‘zingizni tiying, masofani saqlang. Odamlar to‘planadigan, joyga borishdan o‘zingizni saqlang. Tibbiyot xodimlarining barcha tavsiyalariga rioya qiling. Uyga qaytganingizdan keyin, albatta, qo‘llaringizni antiseptik vositalar bilan zararsizlantiring. Shunday qilibgina kasallanishdan saqlanishimiz mumkinligini yoddan chiqarmang! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar