15:53 / 02.06.2020
5 871

Doniyor Fayz: "Buqa tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang!.."

Doniyor Fayz: "Buqa tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang!.."
Hozirgi matbuot erkinligi davrida internet tarmoqlaridagi turli diniy saytlar orqali ko‘plab ma’lumotlar berilayotgani kishini quvontiradi, albatta. Lekin ba’zi ma’lumotlarning ichida mavzu’ (tӯqima, soxta) hadislarning ham xalq ichida keng ravishda tarqalib ketayotgani va bu musulmonlar orasida turli bahs va tortishuvlarga sabab bo‘layotgani achinarli holdir. Hozirgi kunimizda keng tarqalayotgan va ӯz navbatda muhaddis ulamolardan Imom Ahmad, Imom Zahabiy va Imom Hokim, Haysamiy va keyingi muhaqqiq muhaddis ulamolar tomonidan mavzu’ hadis deb e’tirof etilgan ba’zi hadislarning ayrimlarini quyida keltirib ӯtamiz:

"Ey Ali, senga besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali besh kalimani o‘rgatayinmi?" – deb so‘radilar. "Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, – dedim"...

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Shunday gunohlar borki, ularni na besh vaqt namoz, na rӯza, na haj va na umra ketkaza oladi".
Sahobalar: "Yo Rasululloh, (bӯlmasam) ularni nima ketkaza oladi?"– deyishganida, U zot:"Halol rizq topish yӯlida g‘am-tashvish chekib yurish",– dedilar.
(Tabaroniy va Daylamiy rivoyati)

Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Kimki menga bir bora salavot aytsa, Alloh unga u (salavoti) sababidan o‘nta salavot aytadi. Kimki menga o‘nta salavot aytsa, Alloh unga u(salavoti) sababidan yuzta salavot aytadi. Kimki menga yuzta salavot aytsa, Alloh unga u (salavoti) sababidan mingta salavot aytadi. Kimki menga mingta salavot aytsa, unga do‘zax o‘ti tegmaydi”.

"Kim har kuni “Qul huvallohu ahad"ni ikki yuz marta ӯqisa, uning ellik yillik gunohlari ӯchiriladi". Yana shunga ӯxshash boshqa hadislarda zikr qilingan: "Kim "Qul huvallohu ahadni" har kuni ellik marta o‘qisa..." kabi hadislar va yana «Ramazonning o‘n beshinchisi, juma oqshomida qichqiriq ro‘y berishi» haqidagi tarqalgan rivoyatlar ham shular jumlasidandir.

Aziz dindoshlar, avvalo, mening bu borada biror sayt yoki kanallarga adovatim yӯq. Ammo,
ilm omonat bo‘lganligi uchun ham, kamina bu hadislarning mavzu’, ba’zilari esa juda va ӯta zaif, hatto, rivoyat qilinishi halol emasligini xolis Alloh uchun sizlarga yetkazib qӯymoqchiman.

Ulamolar mavzu’ hadislarni tarqatish mutlaqo joiz emas, deyishgan.
Xulosa ӯrnida shuni ta’kidlab ӯtmoqchimanki, duch kelgan gapni hadis deb tarqatishdan qachon tӯxtaymiz, axir!

Istardimki, turli kanallardagi mutasaddi insonlar (admin) bu haqda javobgarlikni his qilib, agar ularda biror mavzuga tegishli hadisga ehtiyojlari tug‘ilsa, mana shu ishning ahllariga, ya’ni ӯzimizda yetishib chiqayotgan hadisshunos ahli ilmlarga murojaat qilib ushbu hadisning darajasi – sahihmi, hasanmi – ya’ni, amal qilsa bӯladigan yoki zaif (kuchsiz) yoki mavzu’ tӯqilgan hadismi – shu haqda ulardan surishtirib, keyin saytga joylashlari maqsadga muvofiq, deb ӯylayman.

Chunki, Alloh kӯrsatmasin, ertaga bunday tӯqima hadislar xalq orasida keng tarqalib ketsa, avom xalq unga bilar-bilmas amal qila boshlaydi. Keyin bir ahli ilm chiqib qolib, shu hadisning botil yoki tӯqimaligi haqida unga xabar bersa, haligi odamning hadisga bӯlgan umidi puchga chiqib, boshqa hadislardan ham bezillab qoladi. Buning oqibatida boshqa sahih hadislardan ham shubhalana boshlaydi.

Eng yomoni shundaki, xalq orasida keng tarqalib ketgan ba’zi mavzu’ hadislarni kӯpgina musulmonlar sahih deb ӯylab rivoyat qilib yuradilar. Endi ularga buning mavzu yoki tӯqima ekanini tushuntirish ancha qiyin bӯladi.

Masalan, "Faqirlik mening faxrimdir..." shu kabi: "Ilmni, garchi Chinda (ya’ni Xitoyda) bo‘lsa ham talab qilinglar", degan hadislarni kӯpgina ilmli kimsalar ham aytib yurishadi. Afsuski, bu hadislarning mavzu’ – tӯqimaligini hamma ham bilavermaydi.

Vallohu a’lam
Barcha ilm Allohning huzuridandir.

Doniyor Fayz

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Doniyor Fayz: "Buqa tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang!.."