30 may kuni G.D. ismli ayol Yunusobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga F. ismli bir ayol 5000 dollar evaziga tug‘ishgan opasini o‘ldirishda yordam qilishini yoki shu ishni amalga oshiradigan shaxsni topishga ko‘maklashishini so‘raganini bildirgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 may soat 15:00 da Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida F. ismli ayolning noqonuniy qilmishlarini fosh etish maqsadida uning opasi (1967 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) Yunusoboddagi uyidan tuman IIBning ma’muriy binosiga olib kelingan. Shundan so‘ng G.D. qotillik buyurtmachisi bo‘lgan ayolga qo‘ng‘iroq qilib, ish bajarilganini va pullarni olib kelishini so‘ragan.
O‘z opasini o‘ldirish bo‘yicha buyurtma bajarilganligi evaziga 5000 dollar miqdoridagi pul mablag‘lari o‘rniga F. 2000 dollarga teng miqdoridagi tilla buyumlarini bergan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.ga nisbatan (1969 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi