Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 15.09.2015 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Auyezovdan undiruvchi L.Baymuratovaning foydasiga uning tarbiyasidagi voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ miqdorida aliment undirishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va aliment pullari Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan undirib kelingan.
Lekin, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdor ota tomonidan aliment pullari belgilangandan ko‘ra har oyda kam to‘lanib kelingan va oqibatda qarzdorlik 7 mln. 220 ming so‘mdan oshib ketgan.
Shu bois, majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan “Lasetti” markali avtotransport vositasi xatlangan va natijada undiruvchining foydasiga belgilangan qarzdorlik to‘liq undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)