
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tayyorlangan «temir daftar»lar, ya’ni kambag‘al aholi qatlamining kamayishiga qarab sektorlar faoliyatiga baho berilishi haqida gapirdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.
«Barcha sektor rahbarlari bir holatni tushunib olishi lozim. ‘Temir daftar’da umumiy ko‘rsatkichlar emas, har bir oila, har bir fuqaroning muammosi va uning yechimi aks etishi kerak. Bu ro‘yxatga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bir nafar a’zosini ish bilan ta’minlashimiz shart. Agar ularni ish bilan ta’minlamasak, hech qanaqasiga bu oila oyoqqa turolmaydi. Shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarishimiz mumkin.
Lekin hamma joyda ham vaziyat birdek tashkil etilmayapti. Sektor rahbarlari ham vaziyatga to‘g‘ri baho bermayapti. Berilayotgan ijtimoiy yordam barcha ehtiyojmandlarga to‘g‘ri yetib bormayapti. Masalan, Angren shahridagi soliq idorasi rahbari sektorida 60 ta ehtiyojmand oilaga ko‘mak berildi, deb soxta ma’lumot taqdim qilgan. Bu nima degan gap?! Sektor rahbari – davlatning vakili mana shunday soxta ma’lumot bersa, jamiyatimizda xiyonat qiladigan odamlar ishlayotganidan dalolat», — degan Prezident.
Shavkat Mirziyoyev bugungi og‘ir sharoitda aravasini tortgan rahbarlargina ishlashi haqida gapirdi. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlar haqida gapira turib, aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Tuman, shahar hokimlari qatorida prokuror, IIB va soliq rahbarlarining faoliyatiga har oyda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlarining xulosasi bilan baho berilishi aytildi.
«Jinoyat qayerda bo‘lyapti? Ishsizlik bor joyda jinoyat bo‘lyapti! Adolatsizlik bor joyda jinoyat bo‘lyapti», — dedi Prezident va sektor rahbarlari birinchi navbatda fuqarolar bandligini ta’minlashga e’tibor qaratishi lozimligini uqtirdi.
Shavkat MirziyoyevKambag‘allikni QisqartirishIsh bilan BandTemir DaftarIjtimoiy YordamOliy Majlis Senati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar