2 221
Toshkent viloyatida 1800dan ortiq karantin qoidalarini buzish holatlariga chora ko‘rilib, 250ga yaqin avtotransport jarima maydoniga qo‘yildi
Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan tuzilgan «Harakatdagi qo‘shma guruh» tomonidan karantin qoidalarini buzish holatlari yuzasidan viloyatning mintaqaviy markazlari (tuman-shaharlar) kesimida kengaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda karantin tadbirlarida 1 500 ortiq xodimlar tun-u kun xizmat qilmoqda.
IIBB HPB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan 4 iyun kuni o‘tkazilgan tadbirlar davomida, fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 743 ta holat qayd etilgan. Aniqlangan holatlarning 29 foizi Chirchiq shahri hamla Qibray, Yuqorichirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Viloyat bo‘yicha karantin qoidalarini buzish esa tadbirlar boshidan jami 43 513 tani tashkil etadi. Qoidabuzarliklarning 22 foizi Angren va Chirchiq shaharlariga hamda Zangiota tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Bir kunda 1 507 nafardan ortiq, tadbirlar boshidan esa 102 mingdan ortiq fuqarolar karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.
Shuningdek, YHXB inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida 63 nafar haydovchi tomonidan karantin qoidalarini buzish, transport vositasini hujjatsiz boshqarish bo‘yicha 174 ta, shuningdek, transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlangan. Shu va boshqa turdagi qoidabuzarliklar bilan bir kunning o‘zida 247 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.
Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”