
Foto: Farg‘ona viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi
Farg‘ona viloyatida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashda «Har bir yoshga — bir gektar» dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyatida Prezident xalq qabulxonasi.
Qayd etishlaricha, viloyatda 11 854 nafar yosh qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning 2 643 nafariga «Har bir yoshga — bir gektar» dasturi doirasida 10—30 sotixdan (jami 1128 gektar) yer ajratib berilgan.

Foto: Farg‘ona viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi
Ajratilgan maydonlarning 522 gektari adir va tekisliklarda bo‘lsa, 606 gektari bog‘lar orasida; yerning 72 gektariga kartoshka, 172 gektariga sabzavot, 189 gektariga poliz ekinlari, 103 gektariga dukkakli ekinlar ekilgan.

Foto: Farg‘ona viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi
Bundan tashqari, yana 345 gektar maydonga mevali daraxtlar, 195 gektariga tut va uzum, 52 gektariga esa moyli ekinlar ekilgan.
Avvalroq Farg‘ona viloyatida 2020 yil boshida salkam 60 ming yosh xorijga chiqib ketgani, hozirgacha ularning 8 mingga yaqini qaytgani, 4,7 mingga yaqini ish bilan ta’minlangani haqida xabar berilgan edi.
Farg‘ona ViloyatiHar Bir YoshgaBandlik DasturiIshsiz YoshlarYer AjratishQishloq Xo‘jaligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar