
Shu yilning 3 iyun kuni Qo‘qon shahar IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari jinoyat sodir etib yashiringan Yu.I.ni Qo‘qon shahri hududida qo‘lga olishdi.
Qayd etilishicha, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 184-moddasi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a» bandi va 209-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Farg‘ona Transport prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
«Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi», deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Qo‘qonJinoyat KodeksiFarg‘ona TransportIIO FMBQidiruvdagi ShaxslarIchki Ishlar Bo‘limlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar