3 172
Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin — Toshkent shahar IIBB
Avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan yolg‘iz haydovchi harakat davomida tibbiy niqobsiz yurishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri Toshkent shahar IIBB axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bunday vaziyatda avtotransport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, u harakatni to‘xtatgan payti tibbiy niqobni taqishi lozim.
O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etilayotgandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi