Foto: TASS
Dastlab 15ta mamlakatga parvozlar qayta tiklanishi mumkin. Parvozlar to‘g‘risida qaror davlatlar Rossiyadan aviareyslarni qabul qilishga rozilik berganidan keyin qabul qilinadi, yakuniy qaror esa «Rospotrebnadzor»ga bog‘liq bo‘ladi.
«Rosaviatsiya» «Rospotrebnadzor»ga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklash to‘g‘risida taklif yuboradi. Bu haqda RBK yirik aviakompaniyalardan biridagi manbaga asoslanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, birinchi bosqichda Rossiya 15 mamlakatga parvozlarni tiklaydi. RBK manbasining aytishicha, «Rosaviatsiya» birinchi bo‘lib Yevropa mamlakatlari, shu jumladan Turkiya, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya bilan chegaralarni ochish haqida taklif beradi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, barcha g‘oyalar koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab tomonidan muhokama qilinadi hamda «Rospotrebnadzor» asosiy qarorni qabul qiladi. Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha, ushbu davlatlar bilan aviaqatnovni tiklash to‘g‘risida qaror davlatlarning Rossiyadan parvozlarni qabul qilishga rozi bo‘lishiga ham bog‘liq.
TASS ham aviaqatnovlar qisman ochilishi haqida ma’lumot berdi. Agentlikning manbaga tayangan holda ma’lum qilishicha, «Rosaviatsiya»ning takliflari yirik aviatashuvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda shakllantirilgan. U bosh vazir Mixail Mishustinning xalqaro havo qatnovini tiklash va sohani rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘idan keyin yuz berdi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, birinchi navbatda YEOII va MDH mamlakatlariga aviaparvozlar qayta boshlanishi mumkin.
Rossiya 27 martdan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi, bu koronavirus bilan kasallanish holatlari ortganidan so‘ng ro‘y berdi. Faqatgina chet elda qolgan Rossiya fuqarolarini vataniga qaytarish hamda hukumatning alohida topshiriqlari bo‘yicha parvozlar amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin