date
views 2 146

Toshkentda aholi orasida yana 8 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkentda aholi orasida yana 8 kishida koronavirus aniqlandi
2020 yil 9 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4448 (+8) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda respublikada 3357 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1073 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda aholi orasida yana 8 kishida koronavirus aniqlandi