17:52 / 09.06.2020
2 460

Chirchiqda korxona ishchilariga 220 million so‘m ish haqi undirib berildi

Chirchiqda korxona ishchilariga 220 million so‘m ish haqi undirib berildi
Byuroning Chirchiq shahar bulimi ish yurituviga, Chirchik shahar davlat solik inspeksiyasining 20.04.2020 yildagi 10016-sonli qaroriga asosan, qarzdor “Sanoattexmontaj” MCHJdan DSI foydasiga 108 mln. so‘m va fuqarolik ishlar buyicha Chirchiq tumanlararo sudining 14.02.2020 yildagi 2-1102-2004/100-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Sanoattexmontaj” MCHJdan korxonaning 16 ta xodimi foydasiga 220 mln. so‘m ish haqi undirish tug‘risidagi ijro hujjatlari 18.03.2020 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni ko‘zg‘atish tugrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlar natijasida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan 4658 kv.m. yer maydonidan iborat ustaxona binosi va yer maydoni xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chikarilgan. Ushbu mol-mulklar 841 052 ming so‘mga sotilib, tushgan mablag‘lar hisobidan 16 ta ishchiga 220 mln. so‘m ish haqi va 108 mln. so‘m soliq qarzi undirilib, ushbu ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatalari va boshka organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 41- moddasiga asosan tamomlandi.

MIB Chirchiq shahar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqda korxona ishchilariga 220 million so‘m ish haqi undirib berildi