13:30 / 10.06.2020
2 214

Salkam 30 mln. so‘mlik aliment qarzdorligi undirildi

Salkam 30 mln. so‘mlik aliment qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2016 yil 1 noyabrdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor G‘.N.dan undiruvchi N.A. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlaridan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdor Byuro xodimlarining ogohlantirishlari va javobgarlik choralari to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berganlaridan so‘ng joriy yilning 10 iyun kuni qarzdor to‘lanmay kelingan davr uchun 2020 yil 1 iyun kuniga qadar bo‘lgan 29 232 ming so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.

Jahongir Mo‘minov
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi
davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salkam 30 mln. so‘mlik aliment qarzdorligi undirildi