
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda yana 32 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.
«2020 yil 10 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4623 (+32) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Karantin muassasalarida, 9 nafari esa aholi orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda», – deyiladi vazirlik xabarda.
10 iyun kuni jami 103ta yangi holat qayd etildi. Shundan:
- karantin muassasalarida – 64ta
- aholi orasida – 27ta
- xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasida – 12ta holat aniqlandi.
Aholi orasida:
- Toshkent viloyatida – 11 nafar
- Toshkent shahrida – 7 nafar
- Sirdaryo viloyatida – 3 nafar
- Samarqand va Buxoro viloyatlarida – 2 nafardan
- Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida – 1 nafardan kishida koronavirus qayd etildi.

Bugun 73 bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar 3532 nafarga yetdi.
27 may kuni Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik erkak vafot etdi. Qurbonlar 19 kishini tashkil qilmoqda.
9ta hududdagi shifoxonalarda 1072 kishi davolanyapti. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonCovid-19Sog‘liqni SaqlashYangi KasallanishKarantin MuassasalariAholi Orasida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar