date
views 2 175

Poplik ota majburiy ijro harakatidan so‘ng insofga kirdi

Poplik ota majburiy ijro harakatidan so‘ng insofga kirdi
Pop tumanida istiqomat qiluvchi E.Sherqo‘ziyev oilasi bilan ajrashib ketgan edi. Unga nisbatan 2006 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan D.Mullaboyeva foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undrish belgilangan. E.Sherqo‘ziyevga har oyda o‘z muddatida voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment mablag‘ni to‘lab borishi bo‘yicha Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan ogohlantirilgan.

Biroq, keyingi paytlarda bunga panja orasidan qarab, to‘lovni amalga oshirmay keladi. Davlat ijrochisi tomonidan karantinli davrda o‘z farzandi moddiy ta’minoti uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bundan ham to‘g‘ri xulosa qilmagan otaga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan amaldagi qonunlarga ko‘ra majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Aynan shundan so‘ng E.Sherqo‘ziyev bilan olib borilgan tushuntirishlar samara berib, joriy yilning 1 iyun holatiga bo‘lgan 14 mln so‘m qarzdorlikni to‘lab berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poplik ota majburiy ijro harakatidan so‘ng insofga kirdi