
Foto: Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Qoraqo‘tan koni kareridan tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini olib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 may kuni Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida kondagi 112-sonli ochiq karerga tushib tekshirilganida 39 nafar fuqaro tomonidan 200 ta polietilen qopga joylangan 6 tonna 610 kilogramm ruda aniqlangan.

Foto: Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati
Tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10 ta turli rusumdagi avtomobil, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perfarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olinib, Paxtachi tumani IIBga topshirilgan.

Foto: Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati
«Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar