Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
11 iyun kuni Oltiariq tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Nexia-3 rusumli mashinani minib qochgan fuqaro ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli S.K. Oltiariq tumani IIBga qo‘ng‘iroq qilib, «Sharq» MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga soat 14:00 larda o‘ziga tegishli Nexia-3 mashinasini qoldirib ketgani, biroq soat 15:30 da qaytib kelganida mashinani topa olmaganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida S.K.ga tegishli Nexia-3 Farg‘ona shahar «Al-Xorazmiy» MFY hududidan topilib, avtomashinani 38 yoshli O.F. olib qochganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi («Transport vositasini olib qochish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida O.F. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi