2 875
Andijonlik maktab bitiruvchilarining 190 nafari muddatidan avval OTMlarga qabul qilindi
Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 67 ta maktabning 190 nafar bitiruvchisi muddatidan avval 14 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari safiga qabul qilindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatdagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mingga yaqini fan olimpiadalari, nufuzli sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallagani uchun imtiyozni qo‘lga kiritgan.
Bitiruvchilarning 40 nafari mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek Janubiy Koreya Respublikasi Inha universtiteti, Guanchjou Jilin universiteti, Germaniya yo‘l qurilish instituti, Tomsk qurilish-arxitektura instituti, O‘zbekiston-Sharda universitetlariga grant asosida o‘qishga qabul qilingan. Turli sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan 25 nafar bitiruvchi esa Andijon davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida o‘qishini davom ettiradigan bo‘lgan.
Qolgan 115 nafar bitiruvchi esa Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Pola, Qatar hamda Rossiya Federatsiyasidagi eng nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari va ularning yurtimizdagi filiallarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
XTB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, bitiruvchilarning OTMlarga muddatidan avval o‘qishga kirishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Andijon shahri, Jalaquduq, Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, ta’lim muassasalari bo‘yicha Xonobod shahridagi 2-maktab (12 nafar) hamda Andijon tumanidagi 36-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati (11 nafar) oldingi o‘rinlarni egallagan.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilovning eslatishicha, o‘tgan o‘quv yilida viloyatda 40 298 nafar yigit-qiz 11-sinfni tamomlagan bo‘lsa, ularning 936 nafari oltin, 643 nafari esa kumush medalga loyiq ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi