Avstraliya, Fransiya, Italiya, AQSH, Germaniya, Kamerun va singapurlik olimlardan iborat xalqaro guruh koronavirus nafaqat qand kasalligi davolanishini qiyinlashtirishi, balki uning rivojlanishini keltirib chiqarishi haqidagi xulosaga kelishdi.
New England Journal of Medicine nashrida ma’lum qilinishicha, koronavirus va qand kasalligi o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
“Koronavirusga chalinganlarda qand kasalligi boshlanishi va mavjud bo‘lgan qand kasalligining og‘ir metabolik asoratlari kuzatilgan”, deyilgan maqolada.
Olimlar koronavirusning hujayralarga kirib borishini ta’minlovchi ACE-2 fermenti oshqozonosti bezi beta-hujayralariga, yog‘ to‘qimasi, ingichka ichak va buyraklarga ta’sir qilishi haqidagi taxminni ilgari surishdi. Buning natijasida koronavirus glyukoza metabolizmi o‘zgarishini keltirib chiqarishi mumkin.
Olimlar koronavirus oqibatida rivojlanuvchi qand kasalligi uning yangi turi hisoblanishi yoki ma’lum bo‘lgan ikki turidan biriga tegishli ekanini hali bilishmaydi.
Bu muammoni hal qilish uchun olimlar guruhi koronavirus bilan bog‘liq qand kasalligiga ega bemorlar global ro‘yxatini tuzishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"