
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
2019 yil 10 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yangidan ochilgan «Toshkent» avtovokzalida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan, mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud avtovokzalda qatnovlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, narxlarni arzon qilish, haydovchi va vokzal xizmatchilari malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
Toshkent avtovokzali tez orada e’tiborga tushdi va yo‘lovchilar bu maskan xizmatidan foydalana boshladi.
Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, karantin tufayli to‘xtab qolgan avtobuslar harakati 15 iyundan «sariq» va «yashil» toifaga kiruvchi hududlar o‘rtasida qayta tiklanmoqda. Shu munosabat bilan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan «Toshkent» avtovokzali ham qayta ish boshladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar