Foto: muslim.uz
Shu yil 13 iyun holatiga ko‘ra tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Nurafshon shahriga “yashil” hudud toifasi berilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 16 iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aksincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani, Namangan viloyati Namangan va Chust tumanlari, Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrobod tumanlari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “qizil” va Navoiy viloyati Navoiy shahri, Toshkent viloyati Pskent tumani, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani esa “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
“Qizil” yoki “sariq” hududlardan “yashil” hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi