«Davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3241, 10.06.2020 y.).
Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, vakolatli organlar tomonidan mas’ul xodimlarning faoliyati yiliga kamida bir marotaba samaradorlik va natijakorlikning asosiy ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi.
Quyidagilar mas’ul xodimning davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
- belgilangan muddatdan oldin ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
- vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuskorlik;
- belgilangan muddatdan kechiktirilib ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
- mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni;
- mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga kiritilgan taqdimnoma hamda mas’ul xodimga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralari soni.
Baholash vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan 3 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasiga qadar amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi