Bugun, 16 iyun kuni «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli «Nasaf» hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli «Sharq» yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Harakat jadvaliga ko‘ra Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 4/3 raqamli «Nasaf» poyezdlari har kuni ertalab soat 08:52 da «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan va kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 17:00 da «Qarshi» temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.
Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 10/9 raqamli «Sharq» poyezdlari esa har kuni ertalab soat 09:15 da «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan hamda kunning ikkinchi yarmida, ya’ni soat 16:10 da «Buxoro» temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi