Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Urganch shahar nooziq-ovqat tovarlar markaziy savdo majmuasi qurilish direksiyasidan undiruvchi “Xiva Obod yo‘l qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 54.349,5 ming so‘m, oilaviy tartibdagi tadbirkor Yayilganov Artiqboy Matqurbanovich foydasiga 54.332,8 ming so‘m, “Bolta Madamin” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 48.714,7 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud bo‘lgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi hamda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlandi.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan 157.397,1 ming so‘m qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi