Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bitiruvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash va yoshlarning maqsad hamda rejalari, kelajagi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
«Kuchli xalqaro jurnalistlar bo‘lar edi, fuqarolar urushi joylaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishardi. Eng kuchlilardan yana ikkitasi - Shahnoza G‘aniyeva va Muxtor G‘aniyev. O‘zbeklardan chiqqan. Ular Afg‘onistondan, og‘ir-og‘ir joylardan jurnalistlik faoliyatini olib borishardi. Men ularga juda havasim kelardi, men ham ularga o‘xshab xalqaro jurnalist bo‘lishni juda ham xohlaganman.
O‘sha vaqtda Xalqaro diplomatiya instituti ochilgandi, o‘sha yerga kirish uchun hujjatlarni topshirdik, lekin men kira olmaganman. Ammo, chin dildan diplomat bo‘lishni xohlaganman, chin dildan xalqaro jurnalist bo‘lishni xohlaganman», - dedi hokim.
Uchrashuvda ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi o‘qishni istagan, yaxshi mutaxassis, zo‘r ixtirochi, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lishni niyat qilgan yoshlarning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi