
Mazkur xabarda, “Majburiy ijro byurosi Sharof Rashidov tumani rahbari o‘rinbosari ichib kelib, tungi soat 24-00 da yig‘ilish qilganligi hamda ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi ham unga sherikligi” haqida bayon etilgan.
Byuro organlari tomonidan xodimlarning xizmatga mast holda kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan man etilgan bo‘lib, bu borada zaruriy nazorat choralari o‘rnatilgan.
Shuningdek, Byuroda ish vaqti mehnat qonunchiligiga ko‘ra, 5 kunlik, haftasiga 8 soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtiga amal qilinishi nazoratga olingan.
Yuqoridagi xabar yuzasidan Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Sharof Rashidov tuman bo‘limida mehnat qonunchiligiga amal qilinishi va xabarga doir barcha holatlar bo‘yicha huquqiy yuaho berish uchun xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lum qilinadi.
Majburiy ijro byurosining
Jizzax viloyat boshqarmasi
Jizzax viloyat boshqarmasi
Majburiy Ijro ByurosiJizzax ViloyatSharof Rashidov TumaniYig‘ilish O‘tkazishIchki XavfsizlikMehnat Qonunchiligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing